Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINAT XODIMLARI UCHUN SAMARQANDGA MADANIY-MA’RIFIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI

19.05.2026 19.05.2026 14


    

"O'zmetkombinat" AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kombinat ishchi-xodimlari uchun tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy sayohatlar davom etmoqda.

Navbatdagi sayohat doirasida markaziy laboratoriya va energetika bo‘linmasi xodimlari Samarqand shahriga tashrif buyurishdi. Safar davomida ishtirokchilar qadimiy va betakror tarixga ega bo‘lgan Samarqandning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari hamda muqaddas qadamjolari bilan yaqindan tanishishdi.

Xususan, Imom Buxoriy majmuasiga amalga oshirilgan tashrif xodimlarda katta taassurot qoldirdi. Sayohat davomida Samarqandning boy tarixiy merosi, noyob me’moriy yodgorliklari va go‘zal manzaralari ishtirokchilarning mazmunli hordiq chiqarishlariga xizmat qildi.

Mazkur sayohatlar ishchi-xodimlarning madaniy dam olishini tashkil etish, jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

 

5.00

(1 ovoz)